Germaniya terma jamoasi boş murabbiysi Yoaxim Lyov 2021 yilda ötkaziladigan Yevropa çempionatidan keyin lavozimini tark etadi. Bu haqda Germaniya futbol ittifoqi (DFB) e'lon qildi. Lyovning şartnomasi 2022 yilgaça tuzilgandi.
«Men mamlakatning eng yaxşi futbolçilari bilan 17 yil işladim va sportçilarning ösişini qöllab-quvvatladim», deydi murabbiy öz qarorini izohlab. U nafaqat terma jamoaning katta sovrinlarini, balki alamli mağlubiyatlarni ham yodga oldi va muntazam ravişda ideal iş şaroiti yaratib bergani uçun DFB ga minnatdorçilik izhor qildi.
Germaniya milliy jamoasi bilan işlaş jarayonida Lyov 2010 yilgi Jahon çempionatida 3-örinni egallagan bölsa, 2014 yilgi turnirda yorqin öyin körsatib, musobaqa ğolibiga aylangandi. Undan taşqari, Bundestim Lyov boşçiligida Yevro-2008 turnirida kumuş, 2012 va 2016 yilgi Yevropa çempionatlarida bronza medallarini qölga kiritgan. Rossiyada ötgan 2018 yilgi mundialda esa guruh bosqiçida qolib ketgandi.












