Boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengaşi raisi ​ Musa Yerniyazov va «Nuroniy» jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi rahbari Şarap Usnatdinov Prezident maktabining poydevoriga kapsula qöyib, maktab quriliş işlarini boşlab berişdi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati ma'lumot tarqatgan.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

Ma'lum qilinişiça, birinçi Prezident maktabi Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti oldidagi hududda barpo etiladi​.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

Eslatib ötamiz, 2019 yilning 20 fevralida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoev «Prezident maktablarini taşkil etiş töğrisida»​gi qarorni imzolagan edi. 

Hujjatga köra, Prezident maktablari mamlakatning barça hududlarida bosqiçma-bosqiç taşkil etiladi.

Birinçi uçta maktab joriy yilda Nukus, Toşkent va Xivada oçilişi belgilangan edi. 2019 yilda Prezident maktabini Namangan şahrida ham quriş böyiça qaror qabul qilindi. 

2020-2021 yillar davomida mamlakatimizning boşqa viloyatlarida ham Prezident maktablari taşkil etiladi.

Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvçi Imtihon Kengaşi Prezident maktablariga qabul imtihonlarini taşkil etişi kutilmoqda.​