Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik harbiylarga ish vaqtida smartfondan foydalanish taqiqlandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiylarga xizmat vaqtida yonlarida smartfon olib yurishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Taqiqlov internet yordamida audio-, foto-, videomateriallar hamda geojoylashuv ma'lumotlarini tarqatishga imkon beruvchi boshqa qurilmalarga ham taalluqli.
Bundan tashqari, harbiylarga o‘zlari va hamkasblari haqida, jumladan ular xizmat qiladigan muassasa, qismni aniqlash yoki xizmat o‘tash joyini bilib olishga imkon beruvchi ma'lumotlarni OAVga berish yoki internetda joylashtirish taqiqlanadi.
Ta'kidlanishicha, muayyan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq vaziyatlar, misol uchun, jangovar harakatlar olib borish, jangovar navbatchilik o‘tash, harbiy qism hududida bo‘lish kabilarda smartfondan foydalanish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
08:22
Zelenskiy ogohlantirgan hujum amalga oshdi
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:55 / 01.07.2026
Sirskiy: Rossiya Chernixiv viloyatiga hujum qilishni rejalashtirmoqda
08:55 / 01.07.2026