Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7 mart kuni Iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi hamraisi, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkinni qabul qildi.
Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari, şuningdek, köp qirrali amaliy hamkorlik jadal rivojlanib, izçil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi aloqalar va davlat rahbarlari örtasidagi işonçga asoslangan muloqot, mamlakatlarimiz idoralari, hududlari va işbilarmon doiralari örtasidagi şeriklik va almaşinuvlar jadallaşgani savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi samarali hamkorlikni misli körilmagan darajada oşirişga xizmat qildi.
Ötgan yil oktabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga davlat taşrifi hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitdi.
2018 yil yakunlariga köra özaro savdo hajmi 20 foizga oşib, qariyb 6 milliard dollarga yetdi. Rossiyaning yetakçi kompaniya va banklari iştirokida, jumladan, energetika, neft-gaz, kimyo, maşinasozlik, elektrotexnika, töqimaçilik, oziq-ovqat va köplab boşqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.
Özaro muloqotning yangi köp darajali formati, ya'ni ikki davlat Boş vazirlari darajasidagi Ikki tomonlama hamkorlik böyiça qöşma komissiya taşkil etilişi, heç şubhasiz, köp qirrali şeriklikni kengaytiriş böyiça erişilgan kelişuvlar samaradorligini oşiriş va ularni öz vaqtida röyobga çiqarişga xizmat qilişi ta'kidlandi.
Özaro hamkorlikning istiqbolli yönalişlari qatorida mamlakatimiz hududlarida Rossiya kompaniyalari iştirokida agroklasterlar va logistika markazlarini taşkil etiş, Özbekiston meva-sabzavot va töqimaçilik mahsulotlarini Rossiya bozoriga yirik hajmda ulgurji yetkazib beriş böyiça yangi tizimni joriy etiş, hududlararo hamkorlikni yanada mustahkamlaş uçun qulay şaroitlar yaratiş, soğliqni saqlaş va ta'lim sohalarida özaro almaşinuvlarni kengaytiriş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş qayd etildi.
Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri davlatimiz rahbariga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin hamda Hukumat Raisi Dmitriy Medvedevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.













