«PSJ» Çempionlar ligasining 1/8 finalida «Manchester Yunayted»ga qarşi javob uçraşuvida yutqazdi (1:3). Öyin taqdirini qöşimça daqiqalardagi bahsli penalti hal qildi.
«PSJ» (Fransiya) - «Manchester Yunayted» (Angliya) - 1:3 (1:2)
Gollar: Lukaku, 2 (0:1). Bernat, 12 (1:1). Lukaku, 30 (1:2). Reşford, 90+4 - penaltidan (1:3).
«PSJ» (Fransiya): Buffon, Kerer (Mene, 70), Tiagu Silva, Kimpembe, Bernat, Dani Alves (Kavani, 90+5), Verratti, Markinyus, Draksler (Paredes, 70), Di Mariya, Mbappe.
«Manchester Yunayted» (Angliya): de Xea, Lindelyof, Smolling, Bayi (Dalot, 36), Şou, Yang (M.Grinvud, 87), Fred, Maktominey, Pereyra (Çong, 80), Lukaku, Reşford.
Ogohlantirişlar: Di Mariya, 34. Paredes, 75. Şou, 90+9.
Hakam: Skomina (Sloveniya).
6 mart. Parij. «Park de Prens» stadioni, 47,441.
Birinçi öyin: 2:0.
«Yunayted» uçun namuna
Mançesterdagi birinçi öyindan keyin Angliya naşrlari turli statistikalarni eslab qolişdi. «MYu» 2011 yil YeÇL finalida öynaganidan beri bu turnir pley-offlarida faqat bitta öyinda ğalaba qozongan - hali Devid Moyyes boş murabbiy bölgan davrda «Olimpiakos» mağlub etilgan. Şundan buyon «Real», «Bavariya», «Sevilya» va «Olimpiakos» (birinçi öyinda) «qizil iblislar»ni YeÇL pley-offlarida mağlub etgan.
«PSJ» ham birinçi öyinda ğalaba qozongan bölsada, javob öyinida ham ustunlikdan foydalanişi talab etilardi. Lekin YeÇLda keyingi vaqtlarda birinçi öyindagi natija heç narsani hal qilmasligi köp kuzatilmoqda. Birinçi öyinda 4:0 hisobida ğalaba qozongan jamoa keyingi öyinda 1:6 hisobida mağlub bölganiga guvoh bölganimizga köp bölmadi. Ötgan mavsumda esa «Barselona» «Roma»ga qarşi birinçi öyindagi 4:1 hisobidagi ustunlikni safardagi 0:3 hisobidagi mağlubiyat bilan boy berdi. Keyin rimliklar yarimfinalda «Liverpul»ga qarşi birinçi öyindagi 2:5 hisobidagi mağlubiyatdan ham çiqib ketişlariga bir baxya qoldi - Rimdagi javob öyinida bitta gol yetişmagandi - 4:2. Ötgan mavsumda çorakfinaldagi yana bir qarama-qarşilikda möjiza yuz berişi mumkin edi, Turinda «Yuventus»ni 3:0 hisobida mağlub etgan «Real» Madriddagi javob uçraşuvida oxirgi daqiqalargaça uçinçi golni ötkazmaslik uçun tirişgandi.
Öşa öyinda Buffon öyin oxirida qizil kartoçka olgan, mojaro kelib çiqqandi. U öşa öyinda oxirgi marta «Yuventus» libosida YeÇL öyinini ötkazgandi. Ammo italiyalik darvozabon uçun Çempionlar ligasi yakunlanmadi - u endi «PSJ»ning yevrokuboklardagi asosiy darvozaboni. Çorşanba oqşomida Buffon eng asosiy şaxslardan biri edi. Ammo bu oqşom uning uçun qörqinçli yakunlandi.
















