Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qonuniy asosda ishlovchi taksilar soni ma'lum qilindi
Toshkentda 5400ta qonuniy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi taksi bor. Bu haqda prezidentning «Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga bag‘ishlangan ma'lumotnomada aytiladi.
Agar Toshkent aholisi soni 2,5 mln kishi ekani hisobga olinsa, unda shahardagi har ming kishiga 2,1ta qonuniy asosda ishlovchi taksi to‘g‘ri keladi.
Taqqoslash uchun, Parijda har 1 ming kishiga 7,7ta avtomobil, Nyu-Yorkda 6,7ta, Moskvada 4,5ta, Londonda 9,9ta, Dehlida 3,2ta to‘g‘ri keladi. Shu tariqa, shaharda qonuniy asosda ishlovchi yo‘nalishli bo‘lmagan taksilar borasida katta yetishmovchilik mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq taksilar «To‘xtash taqiqlangan» belgisi amal qiluvchi joyda to‘xtashi mumkin bo‘lishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026