AQŞ prezidenti Donald Tramp Apple kompaniyasi direktori Tima Kukning familiyasini yodidan çiqarib qöydi va uni «Tim Eppl» deb atadi.

Texnologik kompaniya rahbari Vaşingtonda mehnat vazirligidagi uçraşuvda ma'ruza qildi. Kuk öz çiqişi davomida ta'lim yönalişidagi taşabbuslarida erişilgan muvaffaqiyatlar haqida ma'lum qildi.

«Siz darhaqiqat mamlakatimiz rivojiga ulkan hissa qöşmoqdasiz. Biz buni juda qadrlaymiz, Tim Eppl», — dedi Tramp.

Xabar qilinişiça, 2018 yil dekabrda Trampning özi bilan ham şunday hol yuz bergan. Fox News telekanali Time talqini böyiça yil kişilari nomini sanay turib AQŞ prezidentini Donald emas, Devid Tramp deb atagan.