Apple rahbari Tim Kuk AQŞ prezidenti Donald Tramp yangliş tarzda uni “Tim Epl” deb atagandan keyin Twitter’dagi akkauntidagi ismini özgartirib, familiyasi örniga kompaniya logotipini (tişlangan olma) qöydi.
6 mart kuni Tramp xodimlar siyosati böyiça maslahat kengaşi uçraşuvida Kukka mamlakat iqtisodiyotiga köşgan hissasi uçun minnatdorlik bildirib, “Biz buni juda qadrlaymiz, Tim Epl”, deb aytgan.

Oq uy saytida joylaştirilgan uçraşuv stenogrammasida Tramp “Tim Epl” deganda Kukning qaysi kompaniyada işlaşini nazarda tutgani, ya'ni “Tim – Apple” deb aytgani ma'lum qilingan.
CNBC’ning yozişiça, bu Trampning kompaniyalar top-menjyerlariga murojaati vaqtida birinçi yanglişişi emas. Jumladan, 2018 yil mayida Tramp Lockheed Martin kompaniyasi direktori Marillin Xyusonni Marillin Lokxid deb atagan. Bundan taşqari, Politico naşri Tramp boşqa davlatlar nomlarini aytişda xatolarga yöl qöyişiga e'tibor qaratgan.

















