UYeFA YeÇL 1/8 finali javob uçraşuvlarida kuzatilgan hakamlarning bahsli qarorlari yuzasidan tuşuntiriş berdi.
«Real» – «Ayaks» (1:4)
62-daqiqa: töp yon çiziqni kesib ötgani yoki ötmagani
«VAR brigadasi turli rakurslardan tasvirga olingan barça videoyozuv va suratlarni puxta örganib çiqişdi. Ulardan heç biri töp maydon taşqarisiga töliq çiqib ketgani böyiça aniq dalilni bera olmadi.
Vaziyatni eng optimal nuqtadan turib kuzatgan yordamçi referi ham töp çiziqni töliq kesib ötmaganini tasdiqladi. Şuning uçun videotakrorga murojaat qilişga ehtiyoj bölmadi. Binobarin, hakam vaziyatga aralaşmay, golni hisobga olib, töğri qaror çiqardi», – deyiladi UYeFAning rasmiy bildirişida.
Eslatib ötamiz, uşbu goldan keyin öyinda yana ikkita töp kiritildi va yakuniy hisob 1:4 körinişiga kelib, çorak finalga «Ayaks» yöl oldi.

«PSJ» – «MYu» (1:3)
91-daqiqa: penalti belgilanişi
«VAR hakamlari turli rakurslardan tasvirga olingan barça videoyozuv va suratlarni tekşirib, boş hakamga vaziyat videotakrorini körişni tavsiya etdi. Referi öşa vaziyat yuz bergan vaqtda uni aniq baholay olmagani (VAR protokolida hakam aniq körmay qolgan jiddiy voqelik sifatida qayd etildi) tufayli videotakrorga murojaat qildi.
Videotakrorlarni kuzatgaç, hakam töp bosib ötgan masofa qisqa bölmagani, demak zarba kutilmaganda röy bermaganligini tasdiqladi. Himoyaçining qöli tanasiga yaqin joylaşmagandi, natijada uning tana korpusi kengroq bölgan va bu bilan darvozaga qarab ketayotgan töp töxtatib qolingan. Referi şuning uçun penalti belgiladi», - deya izoh bergan UYeFA.
Hal qiluvçi penaltini Markus Reşford muvaffaqiyatli amalga oşirgaç, ikki öyin natijasiga köra «MYu» sensatsion ravişda YeÇL çorak finaliga çiqdi.











