Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish jarayonini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni o‘tkazish reglamenti tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 iyuldagi 443-son “Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.
Belgilanishicha, ushbu qarorda ko‘rsatilgan normalar:
2019 yil 1 iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan aniqlangan noruda foydali qazilmalar konlari;
2020 yil 1 yanvardan barcha noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalari bo‘yicha kuchga kiradi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni o‘tkazish reglamentiga ko‘ra, savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali foydalanish huquqi realizatsiya qilinadigan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalari ro‘yxati Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladi va har yili 1 fevralgacha tasdiqlanadi.
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalari joylashgan tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda joyida o‘rganiladi va natijasida elektron onlayn-auksion qo‘yish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosa tayyorlanadi.
Tasdiqlangan ro‘yxatga kirmagan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalari bo‘yicha litsenziya olish uchun buyurtma kelib tushgan hollarda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda o‘rganib chiqiladi va 10 kun muddatda tegishli qaror qabul qilinadi.
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalari ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng:
5 kun mobaynida har bir yer qa'ri uchastkasi bo‘yicha tegishli ma'lumotlarni tayyorlaydi;















