Özbekiston Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi «Özbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni ötaş tartibini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan joylarda çaqiruv yoşidagi fuqarolarni milliy armiyamiz saflariga tantanali kuzatiş marosimlari boşlandi.  

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga köra. Toşkent şahar mudofaa işlari boşqarmasi yiğin punktida yigitlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatiş marosimi bölib ötdi. Tantanali kuzatuvda davlat va jamoatçilik taşkiloti vakillari, Toşkent şahar mudofaa işlari boşqarmasi ofitserlari, faxriylar, yoşlar va milliy armiyamiz safiga yöl olgan yigitlarning ota-onalari iştirok etdi.

– Esimda, aka-ukalarimiz olis-olis yurtlarga yigitlik burçini ötaş uçun yuborilar edi. Ular qaytib kelgunlariça yuragimiz bezillab kutardik. Qanday şaroitda va qanaqa muhitda xizmat qilişi bizga qoronğu edi. Bugun esa nafaqat farzandlarimiz, balki biz ota-onalar ham milliy armiyamiz haqida yetarliça tasavvurga egamiz. Könglimiz töq, xavotirdan xolimiz. Bularning bari armiya va xalqimiz örtasida örnatilgan mustahkam aloqa va iliq munosabatning şarofati, – deydi çaqiriluvçi Xurşid Ismatillayevning onasi Nargiza Usmonova.

Kuzatuv marosimida sözga çiqqan jamoatçilik vakillari, ota-onalar yigitlik burçini ötaşga otlangan öğlonlarga şarafli burçiga sodiqlik, çidam, sabr-bardoş va harbiy xizmatda ulkan muvaffaqiyatlar yöldoş bölişini tiladi, deyiladi xabarda.