Eron harbiy-dengiz kuchlari Bob-il-Mandob bo‘g‘ozida qaroqchilarning Eron neft tankeriga qilgan hujumini qaytardi. Bu haqda Eron armiyasining rasmiy saytida xabar qilindi.

"Kecha ertalab Bob-il-Mandob bo‘g‘ozida 11ta qaroqchi qayiqlar hujumi ostida qolgan neft tankeri HDKning 60-flotiliyasi sa'y-harakati bilan qaroqchilardan qutqarib qolindi", - deyiladi armiya bayonotida.

Bayonotda aytilishicha, tanker bortida 150 ming tonnadan ortiq neft bo‘lgan.

Avvalroq G‘arbiy Afrika sohillari yaqinida bortida 22 dengizchi bo‘lgan neft tankeri qaroqchilar tomonidan olib ketilgani taxmin qilingandi.