2018 yil 21 dekabr kuni Samarqand viloyati Jomboy tumani Nayman mahallasida yaşovçi X.R. özining “Gazel” rusumli avtomaşinasida Jizzax viloyatining Paxtakor tumani Buyuk Ipak yöli QFY hududida töxtab dam olayotgan vaqtida, 3 noma'lum şaxs davlat raqamlari aniqlanmagan “Neksiya” rusumli avtomaşinada kelib, uning avtomaşinasi oynasini toş bilan urib sindirişgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, söng ular “Gazel” salonidan 5 500 000 söm pulini olib, voqea joyidan yaşiringanlar.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Toşkent viloyati Ohangaron tumani Qoraxitoy QFYda yaşovçi B.A., M.A. va D.T. özlarining boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomaşinasida sodir etganliklari aniqlanib, uşlanganlar.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.












