Oğir vazn toifasida mutlaq jahon çempioni britaniyalik Lennoks Lyuis 100 mln dollarga amerikalik boksçi Mayk Tayson bilan revanş jang ötkazişga tayyorligini bildirdi.
“Bilasizmi, men odamlarga boksga 100 mln dollarga qaytişga tayyorligimni aytganman. Agar niyatingiz jiddiy bölsa, menga şartnomani körsating. Men ötmişning jangçilariga qaraganimda, ularni sportda bunday uzoq qolişga nima majbur qilgani haqida öylayman.
Sabab esa boks tuşiş ular qila oladigan yagona narsadir. Bunday yigitlar özlarini musiqa yoki raqsda, yoxud boşqa bir joyda sinab körmaydilar”, deb aytgan Lyuis.
Ikki boksçi örtasidagi jang 2002 yilda bölib ötgan. Öşanda britaniyalik 8-raundda nokaut bilan “temir” Mayk ustidan ğalaba qozongan.












