Professional maqomda ötgan har biri ikki daqiqadan sakkiz raundçaga möljallangan boks jangi Texasning Arlington şahrida ötkazildi. 8 raund davom etgan jangda 27 yoşli bloger Jyeyk Polning ustunligida ötdi va u 58 yoşli afsonaviy boksçi Mayk Taysonni oçkolar evaziga mağlubiyatga uçratdi.

Bu Jyeykning faoliyatidagi 11-ğalabasiga aylandi, Taysonning professional faoliyatidagi 7-mağlubiyat sifatida qayd etildi. Pol bungaça yozda UFC jangçisi Mayk Perrini mağlub etgandi. Mayk Tayson esa sönggi marta 2020 yilda Roy Jonsga qarşi ringga çiqib, durang qayd etgandi. Bu uning 15 yillik tanaffusdan keyingi ilk jangi bölgandi.

Uşbu jang orqali 27 yoşli Jyeyk 40 million dollar, boks afsonasi Tayson esa atigi 20 million dollar gonorar olişi ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uçun, amerikalik bloger Jyeyk Pol YouTubedagi kanali bilan tanilgan bölib, bu borada eng serdaromad blogerlardan biri sanaladi.