Yaponiyalik 116 yoshli Keyn Tanaka Ginnes rekordlar kitobiga sayyoradagi hozirda hayot bo‘lgan eng keksa kishi sifatida kiritildi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.
Qayd etilishicha, Tanaka 1903 yil 2 yanvarda tug‘ilgan. U Yaponiya janubi-g‘arbiy qismidagi Fukuoka shahrida yashaydi.
Nashrdan aniqlik kiritilishicha, uzoq umr ko‘rib kelayotgan ayol odatda ertalab soat oltida uyg‘onadi va matematika bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, U «Otello» stol o‘yinini o‘ynashni yaxshi ko‘radi.
Bundan oldin, dunyoning eng keksa ayoli 117 yoshida vafot etgan Tiyo Miyako edi.
Avvalroq, O‘zbekistonning eng yoshi ulug‘ kishisi 124 yoshda ekani, u Buvaydada yashashi xabar qilingandi.
















