SSSR xalq artisti Vladimir Etuş vafot etdi. U 96 yoşida hayotdan köz yumdi.
Bu haqda RT aktyorning qiziga tayangan holda xabar bermoqda.
«Teatral» naşri xabariga köra, 8 mart, juma kuni aktyorning tobi qoçib qolgan. Tez tibbiy yordam uni Moskvadagi şifoxonalardan birining jonlantiriş bölimiga olib borgan.
Şifokorlar artistni qutqara olişmagan.

Vladimir Abramoviç Etuş 1922 yilning 6 may kuni Moskvada tuğilgan. Teatr va kino aktyori, teatr pedagogi (professor). Şçukin nomidagi Teatr instituti badiiy rahbari (2003 yildan). SSSR xalq artisti (1984), Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi.
V.Etuş şu kunga qadar SSSR xalq artistlari içida yoş böyiça hayot bölgan eng keksa aktyor edi. U «Kavkaz asirasi yoki Şurikning yangi sarguzaştlari» filmida Saaxov, «Ivan Vasileviç kasbini özgartiradi» filmida Anton Semyonoviç Şpak, «Buratinoning sarguzaştlari»da Karabas-Barabas, «Klassik» filmida «Monarx» obrazlarini yaratgan.












