Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda 60 dan ko‘proq jangari yo‘q qilingani ma'lum qilindi
Afg‘oniston qurolli kuchlarining mamlakatning bir nechta viloyatida o‘tkazgan operatsiyalari natijasida oxirgi sutkalarda “Tolibon”ning 60 dan ko‘proq jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Khaama Press axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, maxsus kuchlarning harbiy-havo kuchlari ko‘magida amalga oshirilgan operatsiyalari Logar, Vardaq, Gilmand, Uruzg‘on va Paktika viloyatlarida o‘tkazilgan. Natijada “Tolibon”ning radiominorasi ham yo‘q qilingan.
Bartaraf etilgan jangarilar orasida toliblarning dala qo‘mondoni Ubayd ham bo‘lgan. U Vardaq viloyatidagi aviazarba natijasida o‘ldirilgan. Ta'kidlanishicha, jangari “davlat xizmatchilarini o‘ldirishda ko‘mak berish, ushbu qotilliklarni tashkillashtirish va amalga oshirish uchun javobgar” hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026