10 martdan «Toşkent—Qarağanda—Ostona» yönalişi böylab harakatlanuvçi xalqaro avtobus qatnovi yölga qöyildi. Xitoyda işlab çiqarilgan Yutong avtobuslari 1650 kilometr masofani 27 soat 30 daqiqada bosib ötişi aytilmoqda.
Avtobuslar kuniga tört mahal yölga çiqadi: Toşkentdan soat 12:00da, 14:00da, 16:00 da, 18:00da, Qozoğiston poytaxti Ostonadan esa 15:00da, 16:00da, 17:00 va 18:00da harakat boşlanadi.
Tashtrans.uz kanalida yozilişiça, Toşkentdan Qarağandaga yetib oliş narxi 260 ming söm, Toşkentdan Ostonagaça yöl haqi esa 312 ming söm.
Ma'lumot uçun, hozirda Özbekiston va Qozoğiston örtasida oltita — «Toşkent—Çimkent», «Toşkent—Olmaota», «Toşkent—Qizilörda», «Toşkent—Turkiston», «Nukus —Uşknur», «Çirçiq—Uşqun» yönalişi böyiça xalqaro avtobus qatnovlari yölga qöyilgan.












