Hukumat qarori (202-son, 09.03.2019 y.) bilan milliy haydovçilik guvohnomasini beriş tartibi töğrisidagi qonunçilikka qöşimça kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.
Nizomga kiritilgan qöşimçalarga muvofiq, guvohnomalarni almaştirişda quyidagilarni talab qiliş taqiqlandi:
haydovçining imtihon varaqasi;
milliy guvohnomani bergan YHXB tasdiqnomasi;
tibbiy ma'lumotnoma;
transport vositasini 12 oy boşqarganligini tasdiqlovçi hujjat.
Ya'ni, 2020 yil 31 dekabrgaça milliy haydovçilik guvohnomalarini yangi guvohnomalarga almaştiriş uçun pasport va eski namunadagi haydovçilik guvohnomasi hamda uning talonigina taqdim etiladi.
Davlat ta'lim muassasalari va avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça nodavlat ta'lim xizmatlari körsatiş faoliyatini amalga oşiruvçi boşqa yuridik şaxslarning öquv guruhlarini röyxatga oliş, şuningdek imtihonlarni ötkaziş va milliy haydovçilik guvohnomasini beriş tartibi töğrisidagi nizomga köra, barça avtomototransport vositalari öz turi, vazifasi va boşqariş xususiyatlariga köra «A», «V», «S», «D», «Ve», «Se» va «DE» toifalarga hamda tramvay va trolleybuslarga bölinadi. Ularni boşqariş uçun berilgan haydovçilik guvohnomasining tegişli pozitsiyasida şu toifali transport vositasini boşqariş uçun ruxsat berilgan sana va muddati körsatiladi.












