20 mart kuni Tojikiston prezidenti tojik energetiklari şahriga amaliy taşrifi davomida Nurek GESni qayta tiklaş loyihasiga start beradi.
Kutilişiça, davlat rahbari GESni qayta tiklaş işlariga jalb etiluvçi kompaniya vakillari bilan uçraşuv ötkazadi, deb xabar bermoqda «AP» respublika hukumatidagi manbaga tayangan holda.
Nurek gidro elektr stansiyasini reabilitatsiya qiliş böyiça xalqaro tender (birinçi bosqiç) 2017 yilning avgust oyi oxirida e'lon qilindi.
Öşanda «Barki toçik» energetika şirkati tenderdagi uç iştirokçidan boş ofisi Avstriyada joylaşgan ANDRITZ kompaniyalar guruhini tanladi.
2017 yil oxirida «Nurek GES Reabilitatsiyasi, 1-bosqiç» loyihasini amalga oşiriş uçun 350 mln dollar yiğildi.
Loyiha realizatsiyasi uçun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi 225 million dollar ajratadi, bundan 57 million dollar grant tariqasida, qolgani esa - imtiyozli kredit sifatida.
Yevrosiyo Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi loyihani amalga oşiriş uçun 40 million dollarni kredit tariqasida ajratdi. Osiyo infratuzilmaga investitsiyalar banki tomonidan yana 60 million dollar miqdorida kredit ajratiladi.
Uşbu loyihada Tojikiston hukumati uluşi 25 million dollarni taşkil etadi.
Nurek GESni qayta tiklaş böyiça birinçi bosqiç loyihasi beş yil içida amalga oşiriladi.
Nurek GESni tiklaş loyihasi ikki bosqiçga bölingan bölib, barça 9ta gidroagregat va stansiya infratuzilmasining muhim komponentlari, avtotransformatorlarni almaştiriş, qöşimça transformatorlarni rekonstruksiya qiliş, töğondan foydalaniş xavfsizligini oşiriş, texnik yordam körsatişni nazarda tutadi.
Loyihaning ikkinçi bosqiçini amalga oşiriş uçun taxminan 350 million dollar sarflaş kerak.
Nurek GES töliq tiklanganidan söng, obektda elektr energiyasi işlab çiqariş 3300 MVt.ni taşkil etadi.
Bundan oldin, Roğun GES töğonini quriş apreldan davom ettirilişi xabar qilingandi.













