Rossiya Yaponiyaga Kuril orollarining beriliş ehtimoli böyiça öz pozitsiyasini belgilab oldi, deb xabar qildi RBK öz manbalariga tayanib.
Ularning sözlariga köra, orollarni heç kim Tokioga bermoqçi emas.
«Bunday reja yöq», — degan manbalar.
Rossiya TIVga yaqin manbaning qayd etişiça, Rossiya hukumati Yaponiyaga orollarni berişni töğridan-töğri rad etişni «diplomatiya nuqtai nazaridan istamayapti». Şu bilan birga Tokio Moskva qöyayotgan şartlarga könmasligi oydinlaşgan.
Rossiya orollar masalasida ikkita şart qöymoqda, deb eslatgan manba. Birinçisi — 1956-yilgi deklaratsiya asosida işlaş. Bu esa Yaponiya Ikkinçi jahon uruşi yakunini tölaligiça tan oliş, xususan Janubiy Kurildagi barça orollar ustidan Rossiya suverenitetini tan olişini bildiradi. Ikkinçi şart esa orollar mabodo qaytariladigan bölsa, ularga Amerika harbiy bazalarining joylaştirilmasligi.
Avvalroq Abe Kuril orollari böyiça bitim qanday şartda imzolanişini aytgandi.












