12 mart kuni Poytaxt biznes markazida joylaşgan Harakatlar strategiyasining konferens-zalida «Yuksaliş» umummilliy harakati tomonidan konsultativ uçraşuv bölib ötdi. Uşbu uçraşuv Adliya vazirligi va USAID Özbekistondagi sud-huquq islohotlari dasturi (JRUP) bilan hamkorlikda ötkazdi. Uçraşuv «Fuqarolik jamiyati va nodavlat taşkilotlari uçun qulay huquqiy muhitni rivojlantiriş» mavzusida ötkazildi.

Tadbirda mamlakatning yuqori darajalari huquqşunoslari va xalqaro ekspertlar qatnaşdi. Xususan, JRUP programmasi direktor örinbosari Nataşa Raşiç, xalqaro ekspert Mixail Boyadjiyev, «Yuksaliş» umummilliy harakati ijroçi direktori Bobur Bekmurodov, Oliy Majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti jamoaviy monitoringi boşqarmasi rahbari Hamdambek Atajanov va boşqa mutaxassislar qatnaşdi. Tor doiradagi uçraşuvga demokratiya va inson huquqlari instituti Direktori Sayyora Xodjayeva moderatorlik qildi.

«Men bu mamlakatda bir neça yillar ilgari işlaganman. Oradan yillar ötib yana uşbu yurtga qaytdim. Ulkan islohotlar amalga oşirilganini kördim. Biz öz dasturimizda sud va huquq sohasida nodavlat notijorat taşkilotlarning örnini mustahkamlaş uçun harakat qilamiz. Biz tahlillar olib boriş jarayonidamiz. Islohotlarni amalga oşirişda ikki xil turdagi taşkilotni aytiş mumkin: Fuqarolik jamiyati sub'yektlari va nodavlat notijorat taşkilotlar. Faoliyatimiz davomida akademik bilim beruvçi oliygohlar bilan bu yönalişda ta'lim oliş uçun hamkorlik qilamiz. Bu oliygohlar: Boş prokuratura Akademiyasi, Advokatlar palatasi, Sudyalar oliy maktabi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti, Yuridik universitet va mamlakatdagi jamiki huquq sohasida ta'lim beruvçi oliygohlardir.

Bizning dastur davlat va fuqarolar örtasidagi muloqotlarni rivojlantirişdagi yangi modellarni qöllab-quvvatlaydi. Biz ta'lim borasida grantlar e'lon qilamiz. Şu yilning aprelida dastlabki konkurs e'lon qilinadi. Bu konkurs ikki bosqiçdan iborat böladi. Birinçi bosqiçda, faoliyat yönalişlari, mexanizmlariga bağişlangan inşolar topşiriladi. Ikkinçi bosqiç, nodavlat notijorat taşkilotlarining salohiyati böyiça böladi», deya tuşuntiriş berib ötdi xalqaro ekspert.

Şuningdek, tadbirda qatnaşgan Oliy majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti jamoaviy monitoringi boşqarmasi rahbari Hamdambek Atajanov özidagi qiziq ma'lumotlar bilan bölişdi.

«Taşkilotimiz ayni damda şu masalada izlanişlar olib bormoqda. Prezidentimiz tomonidan ötgan yili 5505-sonli Norma ijodkorligi konsepsiyasi qabul qilingan. Xöş, nega bu hujjatga talab bor edi? Çunki, şu davrgaça qonun hujjatlarining 7 foizini qonunlar taşkil qiladi. Davlat faoliyatida köplab sohalarni asosiy tartibga soluvçi hujjatlar qonunosti hujjatlari bölib keldi. Vazifalarimiz qonun normalarini tizimlaştiriş va ijtimoiy munosabatlarini huquqiy jihatidan ta'minlaş. Ba'zi sohalar bor juda köp qonun hujjatlari qabul qilgan va ular bir-biriga mos kelmaydi. Agar mavjud qonunosti hujjatlar barqarorligini ta'minlamoqçi bölsak, ularni albatta qonun darajasida qabul qilişimiz kerak. Agar qabul qilmasak, fuqarolik jamiyatini qurişga salbiy ta'sir körsatadi. Ikkinçisi, normativ hujjatlarini qabul qilişda sifatni oşiriş va takomillaştirişni monitoring qilişdir. Qonun hujjati sifatli, hammaga tuşunarli bölişi kerak. Keyingisi, norma ijodkorligida axborot texnologiyalarni joriy qiliş hisoblanadi. Hozirgi davrda bizda «kelişiş» degan jarayon bor. Bunda bir hujjat qabul qilayotganda şu hujjat ta'sir ötkazadigan barça idoralar bilan kelişib çiqiş kerak. Bu hozir qölda qoğoz bilan qilinadi. Şuning uçun, konsepsiyada belgilandiki, bu kelişiş hujjati elektron tarzda böladi. Bundan taşqari, norma ijodkorligida aqlli tartibga soliş modul elektorali bölib, bunda eksperimentlar ötkaziş yoki muddatlar belgilab qöyiş kabilar nazarda tutiladi. Bizda qonun hujjatlarida muddat mavjud emas. Şuningdek, norma ijodkorligida institutsional tartibga soliş, qonun sifatiga javob beradigan institut taşkil etiş niyatidamiz.