Xizmatçilarning asosiy lavozimlari va işçilar kasblari klassifikatoriga qöşimçalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Qayd etilişiça, özgartirişlar kiritilişi kutilayotgan edi, sababi 2019–2025 yillarda Özbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantiriş Konsepsiyasini amalga oşiriş böyiça 2019 yilga möljallangan çora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan edi.
 
Xizmatçilarning asosiy lavozimlari va işçilar kasblari klassifikatoriga xizmatçilarning uçta yangi lavozimi kiritildi: içki turizm gid-ekskursovodi, turizmning faol turlari böyiça yöriqçi-kuzatuvçi va içki turizm ekskursovodi. Örta maxsus kasb-hunar ma'lumotiga ega şaxslar uşbu lavozimlarda işlaşlari mumkin.
 
Eslatib ötamiz, xizmatçilarning asosiy lavozimlari va işçilar kasblari klassifikatori:

• xizmatçilarning lavozimlari va işçilar kasblari nomlaridan foydalaniş qismida xodimlarning mehnat daftarçalariga yozuvlarni qayd etiş, mehnat şartnomalarini tuziş, buyruqlarni rasmiylaştiriş, xizmatçilarning lavozimlarini xodimlar toifalariga kiritiş çoğida majburiy hisoblanadi;
• işga qabul qilişda, işçilar kasblari böyiça malaka razryadlarini belgilaşda minimal ma'lumot darajasi qismida davlat korxonalari, davlat muassasalari va ustav kapitalida davlat uluşi 50%dan ortiq bölgan boşqa davlat taşkilotlarida qöllaş uçun majburiy hisoblanadi, boşqa taşkilotlar uçun esa – tavsiya tusiga ega;
• ma'lumot yönalişlari qismida – barça taşkilotlar uçun tavsiya tusiga ega. 
 
Hujjat 28.02.2019 yildan kuçga kirdi.

Kasblar va lavozimlar klassifikatoriga yangi bandlar qöşildi