Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti professor-öqituvçilari hamda talabalaridan iborat delegatsiya Toşkent viloyati Böstonliq tumanida joylaşgan XK “Osborn Textile” MÇJda böldi.

Institut jamoasi hamda uşbu korxona vakillari bilan ötkazilgan davra suhbatida Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti prorektori U.Abdullayev, professor A.Parpiyev hamda boşqalar ta'lim va amaliyot uyğunligini ta'minlaşda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining örni haqida fikr-mulohazalarini bildirib ötdi.

Şuningdek, Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti va XK “Osborn Textile” MÇJ örtasida tabiiy tolalarni dastlabki işlaş texnologiyasi, yigiriş texnologiyasi, töqimaçilik matolari texnologiyasi, texnologik maşinalar va jihozlar kafedralari filiallarini oçiş böyiça hamkorlik şartnomasi imzolandi.

Mazkur şartnoma bandlariga köra, sifatli kadrlar tayyorlaş, ilmiy-tadqiqot işlari yönalişlarida korxonaning dolzarb muammolarini hal etiş, institut professor-öqituvçilarini malakasini oşiriş va stajirovkasini taşkil etiş hamda institut talabalari örtasida amaliyotni taşkil etiş böyiça özaro hamkorlik qiliş belgilab olindi.

Şu kuni XK “Osborn Textile” MÇJ direktori R.Normatov institut delegatsiyasini korxona işlab çiqariş jarayoni bilan yaqindan taniştirdi. Uşbu korxona turli tolalar xomaşyosidan boşlab tayyor mahsulot işlab çiqaradi, deb ta'kidlaydi R.Normatov. Şuningdek, tayyor mahsulotlar jahon andozalariga mos ravişda eksport qilinişi ham aytib ötildi.














