Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilişni yanada çuqurlaştiriş va uning eksport salohiyatini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»ga qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi 2019/2020 öquv yilidan boşlab Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutida yetakçi xorijiy oliy öquv yurtlarining qöşma ta'lim dasturlarini taşkil etdi;

ikki oy muddatda 2019 yil oxiriga qadar Özbekiston Respublikasi hududida xorijiy kompaniyalarning öquv-işlab çiqariş klasteri iştirokida işlab çiqariş obektlarida ta'lim jarayonini bevosita amalga oşirişni taşkil etiş böyiça taklif kiritadi;

Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti kadrlarining buyurtmaçilari bitiruvçining bazaviy kontrakt tölovini ikkinçi bosqiçda kamida 50 foiz, uçinçi bosqiçda kamida 75 foiz, törtinçi bosqiçda 100 foiz miqdorida tölab bergan taqdirda, bitiruvçining buyurtmaçi korxonasida mehnat faoliyatini amalga oşiriş majburiyati töğrisida şartnoma tuzilişi tartibini belgilaş çoralarini köradi;

bir hafta muddatda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti faoliyatini takomillaştiriş böyiça «Yöl xarita»si loyihasini kiritadi.