OÇLning 2-turi doirasida «Paxtakor» va «Al Ahliy» örtasida keçgan va mezbonlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangandan söng har ikki jamoa boş murabbiylari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Uning ikkinçi qismida toşkentliklar jamoasi boş murabbiyi Şota Arveladze hamda öyindagi yagona gol muallifi Marat Bikmayev iştirok etdi.
«Paxtakor» butun özbek xalqi jamoasi hisoblanadi. Yaxşi kunlar bölgan, yomon kunlar bölgan. Biz hozir amalga oşiriş kerak bölgan işlarni qilyapmiz. Bundan ham köproğini uddalaşni istaymiz.
Çempionlar ligasi jamoamiz munosib bölgan turnir. Guruhimiz qiyin, barça jamoalar kuçli. «Ölim guruhi».
Aytişim kerakki, muxlislarimiz ham, futbolçilarimiz ham işonçga ega. Öyindan avval öyinçilarda işonçni kördim. Buni maydonga köçiriş kerak edi. Ğalaba uçun öynadik va öylaymanki buni uddalay oldik. Biz yaxşiroq öynadik, bizda vaziyatlar köproq böldi va biz ğalabaga haqli edik.

Hali heç narsa yakunlanmadi, hali bu boşlanişi ham emas. Bu şunçaki guruh bosqiçidagi ikkinçi öyin va nimanidir nişonlaşga hali erta. Biz mavsumni Çempionlar ligasidagi tört uçraşuv bilan boşladik. Bu bizga ruhiy va jismoniy jihatdan yaxşi yordam beradi. Özbekiston çempionatiga yaxşi kayfiyatda kirib boryapmiz. Mavsumda özimizdan kutilgan natijalarni qölga kiritişga harakat qilamiz.
Biz ötgan yili ham yaxşi öynagandik, klub sifatida ösgandik. Klubda ötgan mavsumda ham yaxşi natijalar bölgandi. Bizda liga kuçli, «Lokomotiv» kuçli jamoa. Bizda «Navbahor» va «Bunyodkor» kabi jiddiy qarşilik körsatadigan jamoalar bor.
Bu yil ham köp narsa özgarmadi. Farqi bu safar bizga omad ham kulmoqda. Ötgan yili Qatardagi öyinda nohaq penaltidan gol ötkazgandik, bu yil esa Dubaydagi öyinda Negredo bizga penaltidan gol ura olmadi.
Yigitlar ösib borişmoqda. Ular yaqindagina terma jamoada Yaponiyaga qarşi teng öynaşdi, 6 oy oldin jahon çempionatida öynagan futbolçilardan iborat klubga qarşi Eronda tengma-teng öynadik. Biz ham şunday qila olamiz. Oldinga harakatlaniş lozim.
Biz endi boşladik. Kelasi öyinda boşqaça öynarmiz. Futbolda hamişa kelasi safar eng muhimi. Vaziyatlardan foydalana olmadik, ammo kelgusi gal hammasi boşqaça bölişi mumkin. Mavsum yakunida bizdan natija talab qilişingiz mumkin.
Birinçi uçraşuvda raqibdan faolroq öynagandik, eronliklar keskinroq harakat qilişgandi. Ularning uslubi boşqaçaroq. Muxlislardan ham bilsa böladi. Eronda yuz minggaça muxlis keladi.














