Venesuela muxolifati yetakçisi Xuan Guaydo Venesuela hukumatini çetlatiş uçun qöllanilişi mumkin bölgan heç bir harakatni istisno qilmayapti. U bu haqda El Pais gazetasiga intervyusida ma'lum qildi.

"Biz Venesuelada hamma narsani qöllab kördik. Har doim zörlik işlatmasdan va kuraşda davom etamiz. Hukmronlikka çek qöyiş uçun barça yöllar haqida aytişim lozim", - dedi u.

Venesuela işiga taşqaridan aralaşuv haqidagi savolga javob berarkan, u buni "bahstalab yöl" dedi. 

"Bundan taşqari, aralaşişning imkoni yöq, çunki hamkorlik haqida iltimos qiladigan hukumat vazifasini bajaruvçilar bor", - dedi Guaydo özini nazarda tutib.

"Men venesuelaliklarga işonaman, harbiylar esa venesuelaliklar", - dedi u.

23 yanvar kuni muxolifat yetakçisi özini Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvçi deb e'lon qildi. Uni AQŞ va YeIdagi qator davlatlar tan oldi. Prezident Nikolas Maduro bu voqeani davlat töntarişi deb atadi. Uni Rossiya, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador, Suriya va Turkiya qöllab-quvvatlamoqda.