«Barselona» sardori Lionel Messi YeÇL 1/8 finalining «Lion»ga qarşi javob öyini (5:1) taassurotlari bilan örtoqlaşib, ertaga bölib ötadigan qur'a va «Yuventus»dagi hamkasbi Kriştianu Ronalduning «Atletiko» bilan bahsdagi het-trigi töğrisida ham töxtalib ötdi.

«Hisob 2:1 bölib turganida qançadir vaqt qiynalib öynaşimizga töğri keldi, bunga qadar «Lion» bizga xavf tuğdirmayotgandi. Baxtimizga, uçinçi töpni kiritdik va yana öyin nazoratini qölimizga oldik.

Qur'adagi potensial raqiblarimizning barçasi kuçli jamoalar. Öşa «Ayaks» ham heç kimdan qörqmaydigan yoş iste'dodlar bilan öta kuçli jamoa ekanini isbotladi.

Keça oqşom Ronaldu va «Yuventus» qilgan işga aql bovar qilmaydi. «Atletiko»ga bas keliş qiyinroq böladi, deb öylagandim. Bu Kriştianu uçun möjizaviy oqşom böldi», – degan Messining sözlarini keltirmoqda Marca.

Eslatib ötamiz, uşbu bahsda Leo 2ta gol urib, 2ta golga assistentlik qildi. U töpurarlar röyxatida musobaqani tark etgan «Bavariya» hujumçisi Robert Levandovski bilan birga peşqadamlik qilmoqda – har ikkisining hisobida 8tadan gol bor.