13 mart kuni ötkazilgan ikki uçraşuv yakuniga köra Çempionlar ligasi çorakfinalida iştirok etadigan barça jamoalar nomi ma'lum böldi.
"Barselona" öz maydonida "Lion"ni 5:1 hisobida mağlub etib, (ilk uçraşuv 0:0) keyingi bosqiçga çiqdi.
"Liverpul" esa safarda "Bavariya"ni 1:3 hisobida yengdi (ilk uçraşuv 0:0) va çorakfinal yöllanmasini qölga kiritdi.
Çorak finalda iştirok etadigan barça jamoalar röyxati:
«Liverpul», «Mançester Siti», «Mançester Yunayted», «Tottenhem Hotspur» (barçasi — Angliya), «Yuventus» (Italiya), «Barselona» (Ispaniya), «Portu» (Portugaliya) hamda «Ayaks» (Niderlandiya).













