Tesla kompaniyasi Model Y yangi yetti örinli sport yöltanlamasni taqdim etdi, bu haqdagi tegişli ma'lumot elektrkarlar işlab çiqaruvçisi saytida joylaştirilgan.

Avtomobil taqdimoti Xotorndagi (Kaliforniya ştati) kompaniya dizaynerlik markazida bölib ötdi, unda Tesla ijroçi direktori Ilon Mask çiqiş qildi. U yangi modelning xususiyatlari haqida gapirdi, deya xabar beradi The New York Times.

Uning sözlariga köra, Model Y SUV (Sport Utility Vehicle — sport-utilitar avtomobil, Şimoliy Amerikada maşhur bölgan öziga xos tur) funksiyasiga ega, biroq şu bilan birga, u «xuddi sport maşinasi kabi harakatlanadi». Maskning ma'lum qilişiça, bu uşbu formatdagi eng işonçli maşina.

Foto: Patrick T. Fallon / Bloomberg via Getty Images

Model Y kelgusi yil sotuvga çiqariladi va modeliga qarab 39-60 ming dollar turadi. Kompaniya vakili sözlariga köra, avtomobillarning turli versiyalari Şimoliy Amerika, Yevropa va Xitoyda işlab çiqariladi. 60 ming dollarlik modelning maksimal tezligi soatiga 240 kilometrni taşkil etadi. Model Y quvvatlantirilmasdan turib bosib ötişi mumkin bölgan maksimal masofa - 482 kilometr.

Foto: Tesla
Foto: Tesla
Foto: Tesla