AQŞ prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqi savdo uruşini töxtatiş böyiça muzokaralarga rozi bölmasa, Vaşington Yevropada işlab çiqarilgan mahsulotlarga yangi import bojlarini kiritişi mumkinligini aytdi.    

“Agar Yevropa Ittifoqi biz bilan gaplaşmasa, ularning mahsulotlariga yangi boj kiritamiz”, deb aytgan Tramp. Uning aytişiça, Xitoy bilan dekabrdan beri olib borilayotgan şunday muzokaralar yaxşi bormoqda, biroq yakuniy kelişuv haqida gapirişga hali erta. 

14 mart kuni Yevroparlament AQŞ bilan muzokaralar olib boriş böyiça bir qarorga kela olmagan. Dastlab deputatlar biror-bir muzokaralar olib borişga qarşi rezolyutsiyani qabul qilişgan, biroq keyin uni bekor qilişgan.

Bryusselning bundan avval tayyorlangan va öng sentristik partiyalar tomonidan qöllab-quvvatlangan  pozitsiyasi bir neça bandlarni, jumladan avtomobillarga bojlarni bekor qilinişini öz içiga olgan. Şuningdek, u Vaşington tomonidan bojlar yana oşirilsa, muzokaralardan çiqişni közda tutgan.