Ijtimoiy tarmoqda Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimi Alişer Salayev yiğiliş vaqtida fermerlarni haqorat qilib, ularga ötirgan stulini otgani haqida xabar tarqaldi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi
Xabarda yozilişça, tuman hokimi 11 mart kuni hokimlik zalida ötkazilgan majlisda fermerlarni haqorat qilgan va 22 yoşli fermer Dilşod Dösmetovga kursisini otgan.
Voqea tafsilotlariga köra, 12 nafar fermer zal sahnasiga çiqarilgan va Alişer Salayev tomonidan haqorat qilingan, bir fermer esa kaltaklangan. Xabarda keltirilişiça, tuman hokimi Alişer Salayev «Saxu diyori» fermer xöjaligi rahbari Şuhrat Dösmetovning örniga majlisga kelgan 22 yoşli öğli Dilşod Dösmetovga kursini otgan, natijada kursi unga kelib tekkan va sinib ketgan.
Audioni tinglaş (Tas-IX)
Kun.uz muxbiri Gurlan tumani hokimi Alişer Salayev bilan uçraşib, bu voqea yuzasidan izoh oldi. Savollarga javob beriş asnosida hokim özi qilgan işlarni yaşirib ötirmadi, ammo voqealar rivoji boşqaça bölganini aytdi.
«Xorazm viloyati hokimining qişloq xöjalik işlari böyiça örinbosari Öktam Qöçqorov Yangibozor tumanida seminar-majlis ötkazdi. Unda Yangibozor tumanidan barça fermerlar qatnaşgan bölsa, Gurlan tumanidan 57 fermer bormadi. Gurlan tumani hokimi sifatida bu holatdan qattiq izza böldim. Men ijro intizomiga amal qiladigan, şunga örgangan rahbarman, qöl ostimdagilardan ham şuni talab qilaman.
Şundan söng, şu kuni soat 11:00da tadbirga bormagan fermerlarni çaqirib, Gurlan tumani hokimligi zalida majlis ötkazdim. Şu majlisga ham 12 fermer keçikib keldi. Ularni sahnada turgizib qöyib tanbeh berganim rost. Jahlim çiqqanidan özim ötirgan kursini ularning ustiga emas, minbardan pastga otganman. Mana bu kursini köring (stulni körsatib), bunday oğir kursini dast kötarib, kimningdir ustiga qarata otib yuboriş osonmi? Bundan taşqari, bunday kursi kimgadir borib tegsa, kursining oyoği emas, odamning bir joyi sinib ketadiku?
Jahl ustida qattiq gapirgan bölişim mumkin, «harom» degan sözni işlatdim, ammo heç kimning şaxsiyatiga tegadigan sözlar, uyat gaplar bilan haqorat qilmadim», - deydi Alişer Salayev.














