15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystçerç şahridagi ikkita masjidda sodir etilgan otişmalar qurbonlari soni 49 nafargaça oşdi, 50 ga yaqin kişi jarohat oldi.

Avvalroq 27 kişi halok bölgani ma'lum qilingandi. 

Ta'kidlanişiça, otişmaning iştirokçilaridan biri, önlab musulmonlarni otib taşlagan avstraliyalik Brenton Tarrantni norvegiyalik terrorçi Anders Breyvik kabi radikal millatçilar ilhomlantirgan.

Unda, şuningdek, sobiq Yugoslaviyadagi harbiy jinoyatlar böyiça tribunal tomonidan sudlangan serbiyalik siyosatçilar ham qiziqiş uyğotgan. Jumladan, qotil Facebook ijtimoiy tarmoği orqali olib borgan translatsiyasida hujum oldidan bosniyalik serblar yetakçisi Radovan Karajiçga bağişlangan qöşiq kuylagan.

Tarant hujumda qöllagan miltiği va unga öqdonlarga musulmonlarga qarşi janglar olib borgan sarkardalar familiyalarini yozib çiqqan bölgan.

Terrorçi va uning ikki şerigi qölga olindi. Tarrantga ayblovlar bildirilgan, u 16 mart kuni sud oldida javob bera boşlaydi.

Kriket böyiça Bangladeş terma jamoasi a'zolari otişma olib borilgan masjidlardan biri – “Al-Nur”ga avtobusda yaqinlaşişganda otişma ovozini eşitib qolib, baxtli tasodif tufayli omon qolişgan. “Agar biz u yerga 3-4 daqiqa ertaroq kelganimizda içkarida bölardik”, deb aytgan jamoa menejyeri Xolid Maşud. Uning aytişiça, otişma vaqtida sportçilarni masjiddan bor-yöği 50 metr ajratib turgan.

Yangi Zelandiya boş vaziri Jasinda Ardern bölib ötgan voqealarni terakt deb atagan. OAVning ta'kidlaşiça, bu mamlakatda 1943 yildan beri sodir etilgan eng ommaviy qotillikdir: öşanda Fezerstoun şahridagi harbiy asirlar turmasida kötarilgan isyon vaqtida 48 nafar yapon askari va bir nafar yangi zelandiyalik öldirilgan.