Özbekiston Respublikasi Moliya vazirining Hududlar moliyasi masalalari böyiça yangi örinbosari tayinlandi.
Prezident qarori bilan uşbu lavozimni Yorqin Ergaşeviç Tursunov egallagan.
Yorqin Tursunov 1965 yilda Samarqand viloyating Xatirçi tumanida tuğilgan, millati özbek, ma'lumoti oliy. 1990 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini bakalavrini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyaçi.
Mehnat faoliyatini 1990 yilda Samarqand viloyati Kattaqörğon şahri hokimiyati moliya bölimi aholini ijtimoiy himoyalaşni moliyalaştiriş böyiça nazoratçi inspektori, budjet inspeksiyasi I toifali iqtisodçisi lavozimidan boşlagan.
1993- 2002 yillarda Samarqand viloyati Kattaqörğon şahri hokimiyati moliya bölimi mudiri örinbosari – budjet inspeksiyasi boşliği, keyinçalik bölim mudiri, 2002-2006 yillarda Navoiy viloyati hokimiyati moliya boşqarmasi boşliği bölib işlagan.
U 2006-2012 va 2016-2018 yillarda ham Moliya vaziri örinbosari bölgan, 2012-2016 yillarda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining örinbosari – Ijtimoiy va moliyaviy ta'minot xizmati boşliği sifatida işlagan.
Hozirgi kunga qadar Yorqin Tursunov Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktori lavozimida işlab kelayotgandi.
Bundan avvalroq Odilbek Rustamoviç Isoqov Moliya vazirining Xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

















