Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining “Reklama töğrisida”gi Qonuniga özgartiş kiritiş haqida”gi qonun loyihasi joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Reklama töğrisida”gi 723-I-sonli Qonuni 22-moddaning (Dori vositalari, kosmetika va maişiy kimyo vositalari reklamasi) törtinçi qismi (Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining ruxsatisiz voyaga yetmaganlar uçun möljallangan dori vositalarini reklama qilişga yöl qöyilmaydi) quyidagi tahrirda bayon etilişi mumkin:

“Voyaga yetmaganlarga möljallangan dori vositalari reklamasiga nisbatan talablar Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini uşbu Qonunga muvofiqlaştiradi;

davlat boşqaruvi organlari uşbu Qonunga zid bölgan öz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta körib çiqişlari va bekor qilişlarini ta'minlaydi;

uşbu Qonunning ijrosini, ijroçilarga yetkazilişini hamda mohiyati va ahamiyati aholi örtasida tuşuntirilişini ta'minlaydi.