Xorijiy naşrlarda va ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyatining sobiq prokurori Uluğbek Toşev qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi.

«Qodirovni tergov qilgan prokuror ham qamoqqa olindi»  mazmunida tarqalgan xabarlarda 4 mart kuni işdan olingan Uluğbek Toşev 8 mart kuni yuqori lavozimdagi amaldorga katta miqdorda (50 ming dollar) pora beraëtgan paytda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qölga olingani aytilgan.

Boş prokuratura matbuot xizmatida esa Uluğbek Toşev uşlangani haqida ma'lumot yöq.

Matbuot xizmatining Kun.uz’ga bergan izohida Toşev işda yöl qöyilgan kamçiliklar uçun işdan olingani ta'kidlanib, u pora berayotgan vaqtda qölga olingani haqidagi xabarlar asossizligini ma'lum qilindi.

Eslatib ötamiz, Uluğbek Toşev Prezident Şavkat Mirziyoyevning Namanganga taşrifidan söng işdan olingandi.

Ma'lumotlarga köra, Uluğbek Toşev 2015 yilgaça Samarqand viloyati prokurori örinbosari bölib işlagan. Öz vaqtida sobiq boş prokuror Raşidjon Qodirov bilan «yaqin bölgani» aytiladigan Toşev 2016 yilning aprelida Toşkent şahri, Yakkasaroy tumani prokurori lavozimidan olingandi. Şundan keyin u ma'lum vaqt Toşkent viloyati Yangiyöl tumani prokurori lavozimida işlagan.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, Uluğbek Toşev 2017 yilda ma'lum vaqt davomida sobiq boş prokuror Raşidjon Qodirov işi böyiça tergov guruhiga rahbarlik qilgan.

U 2018 yil aprelida Namangan viloyati prokurori sifatida iş boşlagandi.

OAV ma'lumotlariga köra, «Qodirov işi» doirasida 21 kişi hibsga olingan, ularning aksari prokuratura tizimining sobiq vakillaridir.

Eslatib ötamiz, 11 mart kuni Boş prokuratura matbuot xizmati prokuratura tizimidagi xodimlarga pora berişga uriniş bilan boğliq holatlar haqida ma'lumot bergandi. Unga köra, 2018 yilda mazkur holatlar yuzasidan 82 nafar şaxslarga nisbatan jinoyat işlari, 16 nafar şaxslarga nisbatan esa ma'muriy javobgarlik töğrisidagi işlar qözğatilgan.