Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xöjaligi obektlarining texnik holatini hamda bexatar işlaşini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi töğrisida nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xöjaligi obektlarining texnik holatini hamda bexatar işlaşini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, “Davsuvxöjaliknazorat” davlat inspeksiyasi Özbekiston Respublikasidagi mukammalligi 1, II va III klass, şuningdek, favqulodda vaziyatlarda yuqori darajada xavf soluvçi III klassdan past bölgan suv xöjaligi obektlari - gidrotexnika inşootlari xavfsizligini nazorat qiliş böyiça maxsus vakolatli davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.
“Davsuvxöjaliknazorat” davlat inspeksiyasi öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligiga böysunadi va hisobot beradi.
“Davsuvxöjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tizimiga “Gidrotexnika inşootlarini diagnostikasi markazi” davlat unitar korxonasi hamda davlat va xöjalik boşqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravişda davlat nazoratini olib boradigan hududiy inspektorlar kiradi.
Quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oşiriş “Davsuvxöjaliknazorat” davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
katta va alohida muhim suv xöjaligi obektlari texnik holatining işonçliligi hamda ularning bexatar işlaşini ta'minlaş;
katta va alohida muhim suv xöjaligi obektlari loyihalaştirilişi, qurilişi, foydalanişga qabul qilinişi, işlatilişi, rekonstruksiya qilinişi, ta'mirlanişi, konservatsiyalanişi va tugatilişi, şu jumladan loyihalar ekspertizasi taşkil etilişi, quriş, rekonstruksiya qiliş, foydalanişga qabul qiliş, konservatsiyalaş va tugatiş sifati;
katta va alohida muhim suv xöjaligi obektlarining işonçli qöriqlanişini taşkil etiş.
“Davsuvxöjaliknazorat” davlat inspeksiyasi öziga yuklangan vazifalarni bajariş uçun quyidagi funksiyalarni amalga oşiradi;
a) katta va alohida muhim suv xöjaligi obektlari texnik holatining işonçliligi hamda ularning bexatar işlaşini ta'minlaş sohasida:
şli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inşootlarining texnik holati hamda bexatar işlaşi bilan boğliq hodisalarning oldini olişga doir takliflarni işlab çiqadi;












