Bugun, 18 mart kuni Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi (ÖzRFA) Ösimlik moddalari kimyosi institutida uç moduldan iborat, Özbekistonda GMP talablari böyiça dori vositalari substansiyalarini işlab çiqariş texnologiyalarini sinaş ilmiy-texnologik markazi oçildi. Tadbirda Prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov, ÖzRFA prezidenti Behzod Yöldoşev, Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda akademiklar, yetakçi olimlar va xorijiy hamkorlar iştirok etişdi. Fanlar Akademiyasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.

Uşbu markaz tomonidan Ösimlik moddalari kimyosi instituti hamda mamlakat ilmiy markazlari va muassasalari olimlarining fundamental izlanişlari natijasida yaratilgan innovatsion işlanmalarni tatbiq etiş va keyinçalik farmatsevtik korxonalarga 40 ga yaqin import örnini bosuvçi va eksportbop dori vositalari va generik substansiyalarni işlab çiqariş texnologiyalarini topşiriladi.

Markazning yana bir muhim vazifasi - dori vositalari substansiyalarini işlab çiqarişning uç texnologik liniyasini taşkillaştiriş. Bular ösimlik xomaşyosidan alkaloid, neytral tabiatga ega modifikatsiyalangan tabiiy birikmalarni işlab çiqariş bölib, Özbekiston hududidagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bustonlik-farm”, “Parkent-farm” va boşqa hududlarda işlab çiqariş korxonalarini taşkillaştiriş uçun texnik-iqtisodiy bazani tayyorlaş uçun xizmat qiladi.

Bundan taşqari, markaz dori vositalari substansiyalarini işlab çiqaruvçi farmatsevtik korxonalar xodimlarining malakasini oşiriş hamda GMP şaroitlarida işlay oladigan kadrlar tayyorlanuvçi maskan ham böladi.













