Turkiya va Eron 18 mart kuni Kurdiston işçi partiyasi (KIP) a'zolariga qarşi birinçi marta birgalikda aksilterrorçilik operatsiyasi ötkazdi. Bu haqda Turkiya içki işlar vaziri Sulaymon Soylu ma'lum qildi.
“Bugun ertalabki soat 8 dan boşlab birinçi marta Eron bilan birgalikda operatsiya ötkazmoqdamiz”, deb ma'lum qilgan Soylu.
“Anadolu” axborot agentligining xabar berişiça, Anqara va Tehronning KIPga qarşi qaratilgan operatsiyasi davomiy körinişga ega. Birgalikdagi harakatlar turk-eron çegarasida olib borilmoqda. “Operatsiya natijalari haqida keyinroq e'lon qilamiz”, deb aytgan Soylu.
KIP 1984 yildan beri Turkiyaning asosan kurdlar yaşaydigan janubi-şarqiy hududlariga mustaqillik berilişi uçun kuraşib keladi. Turkiya va Eronda KIP terrorçilik taşkiloti deb hisoblanadi.

















