Apple iMac iş stoli kompyuterlarining yangi modelini taqdim etdi, deb yozmoqda vc.ru. Apple oxirgi marta yangi iMac’ni 2017 yil yozida çiqargandi.

Apple’dan ma'lum qilişlariça, 4K (21,5 dyuymli ekranga ega versiya) yoki 5K (27 dyuym) kenglikka ega yangi iMac oldingi modellarga qaraganda ança kuçliroq. U 4K yoki 5K kenglikka ega Retina displeyi bilan jihozlangan - «Mac tarixidagi eng yaxşi Retina displeyi».

iMac sakkizinçi va töqqizinçi avloddagi Intel Core protsessorlari, Fusion Drive (27 dyuymli barça modellarga örnatiladi va 21,5 dyuym uçun ham mavjud) yuqori tezlikdagi töplagiç hamda Radeon Pro 500X grafik protsessori bilan jihozlangan.

21,5 dyuymli displeyga ega iMac’ning narxi 14 mln sömdan, 27 dyuymli versiya uçun - 19 mln sömdan boşlanadi.

Foto: Apple
Foto: Apple
Foto: Apple