Özbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşiga 2019 yil 19 mart kuni Andijon viloyati Böz tumani xalq ta'limi muassasalari xodimlariga mart oyi uçun avans (bönak) pullari berilmayotganligi töğrisida xabar kelib tuşdi, deb xabar bermoqda kasaba uyuşmasi.
Xabarga köra, Andijon viloyati Böz tumanlararo sudining 2018 yil 18 dekabrdagi ijro varaqasiga köra, qarzdor Böz tuman xalq ta'limi bölimi hisobidan undiruvçi E.S. foydasiga 7.652.163 söm iş haqi, 500.000 söm ma'naviy zarar undirilişi öz vaqtida amalga oşirilmagan. Şu tufayli Böz tuman Xalq ta'limi bölimi hisob raqamiga çeklov qöyilgan va tumandagi barça xalq ta'limi pedagoglari va xodimlariga 2019 yil mart oyi uçun avans (bönak) pullarini ötkazib berişning imkoni bölmagan.
Mazkur masalada pedagoglarning ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyuşmasi tuman kengaşi va tuman xalq ta'limi bölimi tuman Ğaznaçilik bölimi hamda boşqa mutasaddi taşkilotlarga qilgan murojaatlari va sa'y-harakatlari natija bermagandan söng, 2019 yil 19 mart kuni Özbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşining mas'ul xodimlariga murojaat qilgan.
Uşbu murojaat yuzasidan Respublika kengaşi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qiliş boşqarmasi bilan hamkorlikda ta'sirçan çoralar kördi va şu kuni ikki soat içida tuman Xalq ta'limi bölimi hisob raqamiga qöyilgan çeklov olib taşlandi. 1800 nafar pedagog va xodimlarning 2019 yil mart oyi uçun avans (bönak) pullari 19 mart kuni tuşlikdan keyin plastik kartalariga tuşirib berilgan.












