Kuni keça davlat rahbari boşçiligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida yoşlarimizga bölgan e'tiborni yanada kuçaytiriş, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etiş, yoşlarda axborot texnologiyalaridan foydalaniş könikmalarini şakllantiriş, yurtimiz yoşlari örtasida kitobxonlikni tarğib qiliş, xotin-qizlar bandligini oşiriş masalalariga urğu berildi.
Turli ziddiyatlar kuçayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoşlarimizning ma'naviy immunitetini kuçaytiriş, ularning böş vaqtini mazmunli ötkaziş har qaçongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning özi körsatib turibdi.
Şu bois prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim taşabbus muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi işlarni yangi tizim asosida yölga qöyiş böyiça 5 ta muhim taşabbusni ilgari surgan edi.

Birinçi taşabbus yoşlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boşqa turlariga qiziqişlarini oşirişga, iste'dodini yuzaga çiqarişga xizmat qiladi.
Ikkinçi taşabbus yoşlarni jismoniy çiniqtiriş, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilişlari uçun zarur şaroitlar yaratişga yönaltirilgan.
Uçinçi taşabbus aholi va yoşlar örtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanişni taşkil etişga qaratilgan.
Törtinçi taşabbus yoşlar ma'naviyatini yuksaltiriş, ular örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş böyiça tizimli işlarni taşkil etişga yönaltirilgan.
Beşinçi taşabbus xotin-qizlarni iş bilan ta'minlaş masalalarini nazarda tutadi.
Prezidentning joriy yilda Sirdaryo hamda Namangan viloyatlariga qilgan amaliy taşrifi davomida mazkur hududlardagi tuman va şahar kutubxonalariga bir neça yuz ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. “Ma'rifat karvoni” taşkil etildi. Yoşlar uçun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.
Mazkur 5 taşabbus keng jamoatçilik tomonidan katta qiziqiş bilan kutib olindi. Endilikda uşbu tajribani yurtimizning barça hududlarida keng joriy qiliş masalalari muhokama qilindi.












