Qozoğiston parlamenti deputatlari ikkinçi, yakuniy öqişda poytaxtni Nazarboyev şarafiga Nursulton deb nomlaş töğrisidagi Konstitutsiyaga tuzatişlarni qabul qilişdi.
RIA Novosti xabariga köra, Qozoğiston parlamenti quyi palatasi spikeri Nurlan Nigmatulin uşbu qarorni tarixiy, deb atagan.
Bundan oldin, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Ostona şahri nomini Nursulton deb özgartirişni taklif qilgandi.
Bundan taşqari, Toqayev Nazarboyevni davlatda mavjud bölgan barça yuksak unvonlar bilan taqdirlaşni taklif qildi.
Şuningdek, Tokayevning fikriça, Nazarboyevga «faxriy senator» maqomini beriş, Qozoğiston birinçi prezidentining barça suratlari esa davlat idoralarida majburiy tarzda osib qöyilişi lozim.
Eslatib ötamiz, avvalroq Dariğa Nazarboyeva Qozoğiston senatining yangi raisi etib saylangandi.












