Alişer Usmonovning Mail.ru Group şirkati Rossiyada körsatkiç böyiça törtinçi operator YouDrive’da uluş sotib oliş böyiça muzokaralar ötkazmoqda, deya xabar beradi The Bell.
Kelişuv tomonlaridan biriga yaqin bölgan manba YouDrive bilan muzokaralar haqiqatdan bölib ötayotganini tasdiqladi. Mail.Ru amaldagi karşering operatorini sotib olişdan manfaatdor, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Mail.ru kelişuvda minoritar şerik sifatida avtomobillar lizingiga bor e'tiborni qaratgan moliyaviy hamkor bilan birgalikda iştirok etadi.

Mail.ru Group vakilining aytişiça, şirkat transport segmentida öz mavqeini mustahkamlaş uçun turli xil variantlarni körib çiqmoqda.
«Agar ijobiy qaror yuzaga kelsa, unda gap minoritar investitsiyalar haqida boradi, bu bizning «Sitimobil» taksi servisiga sarmoyalarimizga öxşaş böladi», - deya tasdiqladi u.
«Sitimobil»da Mail.ru Group va unga aloqador bölgan «Megafon»ga aksiyalarning 33 foizidan köproği tegişli, bu haqda 2018 yil dekabrida servis asosçisi Aram Arakelyan aytib ötgandi.
YouDrive 2,5 ming dona avtomobil bilan Rossiya karşering bozorida törtinçi örinni egallaydi. Eng yirik öyinçilar - «Yandeks.Drayv» (6 500 avtomobil), «Delimobil» (6 000) va BelkaSar (4 050). YouDrive aksiyalarining 60 foizi uning asosçilari Boris Golikov, Andrey Kuprikov va Aleksey Nurdinovga, 40 foizi - Moskvadagi Mercedes-Benz dileri «Panavto»ga tegişli.
Bundan oldin, Alişer Usmonov «Spartak» uçun 1 milliard yevro berişga tayyor ekani xabar qilingandi.

















