Mariner of the Seas kruiz layneri yölovçisi attraksiondan yiqilib nogironga aylanganidan söng Royal Caribbean kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda Fox News xabar qildi.

Ma'lum qilinişiça, amerikalik 25 yoşli Keysi Xolladey fevral oxirida kruiz laynerida Bagam orollariga sayohatga çiqqan. Sayohat vaqtida u kema yuqori palubasida joylaşgan Sky Pad attraksionida uçmoqçi böladi. Attraksion tutqiçga mustahkamlangan şar şaklida bölib, yölovçilar şar içiga rezina arqonlar bilan boğlanadi va batutda sakraşadi.  

Xolladeyning aytişiça, şar yuqoriga kötarilişi bilan tutqiç sinib ketgan va u olti metr balandlikdan qulagan.

Kema voqea sodir bölişi bilan jabrlanuvçini kasalxonaga yotqiziş uçun Mayami portiga qaytgan. Xolladey töqqiz kun kasalxonada yotgan va bir neçta operatsiyani boşidan ötkazgan. Endilikda u faqat hassalar yoki nogironlar aravaçasida harakatlanişi mumkin.

U Royal Caribbean kompaniyasidan 10 million dollar tovon puli tölaşni talab qilmoqda. Uning advokatining aytişiça, Sky Pad kabi köngiloçar attraksionlar faqat quruqlikda joylaşişi va mutaxassislar nazoratida bölişi şart.