Bugun, 28 iyun kuni Toşkent şahri, Çilonzor tumani, Bunyodkor şohköçasida joylaşgan Dream Park istirohat boğidagi «Çarxpalak» attraksionida fuqarolar qolib ketganligi töğrisida Toşkent şahar FVBBga xabar tuşgan.

Şunga köra, qutqaruv bölinmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan va hozirda barça fuqarolar çarxpalakdan xavfsiz joyga tuşirib olingan.

“Vaziyat Toşkent şahar FVBB tomonidan töliq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yöq”, deyiladi FVV xabarida.

Avvalroq Toşkent şahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Çilonzor va Yakkasaroy hamda Toşkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinça uziliş sodir bölgani xabar qilingandi.