Muştipar onalar... Ular hayot söqmoqlarida ne-ne past-balandliklarni körmaydi deysiz?! Bu sodda qalb egalari rözğor taşvişlari, farzandlar uçun yelib-yugurişlardan hech toliqmaydi, çarçamaydi. Biz yaşab turgan dunyoda şunday onalar borki, ular har kuni, har daqiqada ruhan azoblanadi. Ularning farzandlari nuqsonga egaligi sabab bir daqiqa közga uyqu olişi dargumon.

Şunday oilalardan biri haqida tahririyatimizga xabar kelib tuşdi va bu insonlar oldiga yöl oldik. Toşkent viloyati, Zangiota tumani, Ramadan köçasida istiqomat qiluvçi oilaning tönğiç farzandi Yulduzxon oğir xasta. Bemor qizaloqning onasi Ziroat opa bilan şu masalada suhbatlaşdik. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Bizning 3 nafar farzandimiz bor. Katta qizim Yulduzxon. Bu qizim özi keç yurdi. Keyingi farzandimdan ham keçroq yurdi. Ma'lum vaqt ötgandan söng bilsak, orqasidan suyak ösib çiqibdi. Döxtirlarga olib bordik. Qizingiz sal katta bölsin, deyişdi. Har xil taşxislar qöyişdi. Şifokorlar öz holiga qöyib qöyaveringlar deyişdi. 10 yil içida yaxşi yurdi. Endi esa bu narsa yuragini siqib qöyadigan böldi. Bemalol yotişiga ham xalaqit qiladi. Keyin pediatriya institutiga bordik. Ular bizda Özbekistonda operatsiya qilib bölmaydi, deyişdi. «AKFA MEDLINE»ga bordik. U yerdagilar hindistonlik döxtirlar kelişadi, ularga körsataylik-, deb tavsiya qilişdi. Hindistonlik mutaxassislar MRT va boşqa apparatlarga tuşirib, tekşirib kördilar. Hindistonga olib borsak, operatsiya qilişni, operatsiya sifatiga kafolat berişlarini aytişdi. Hindistondan suriştirgan edik, 17 ming AQŞ dollariga yaqin mablağ ketişini aytib, zarur hujjatlarni jönatişdi.

Qizim hozir bir oyoğini ham yaxşi bosolmayapti. Belining orqa qismida ösib borayotgan suyak yurakka yaqinlaşib qolgan. Şu sabab, bitta öpkaga ta'sir qilgan. U ham yurakni siqib qöyibdi. Bu hayot uçun xavfli, yurakka yetib borsa, farzandimizdan ajralib qolişimiz mumkin ekan. Zudlik bilan operatsiya qilmasak bölmas ekan. Şaroitimiz esa buni kötara olmaydi. Özim şifoxonada sanitar bölib işlayman. Xöjayinim elektr ustasi. Özim 600 ming, xöjayinim 800 ming söm oylik olamiz. Lekin, hayotimizdan nolimaymiz, baribir», – deydi muştipar ona közlaridagi yoşni tiya olmay.