Venesuela muxolifati yetakçisi Xuan Guaydo uning tarafdorlari Venesuelada hukumatni qölga oliş böyiça "Ozodlik" operatsiyasini ötkazişga tayyorgarlik körişayotganini ma'lum qildi.
"Venesuelaliklar, biz hukumatdagi zöravonlikka çek qöyişga, "Ozodlik" operatsiyasiga tayyorlanmoqdamiz. Bizni har bir ştatda kuting", - dedi Guaydo Karakasdagi matbuot anjumanida.
Uning aytişiça, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ma'muriyatining "sanoqli kunlari qolgan".
23 yanvar kuni muxolifat yetakçisi özini Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvçi deb e'lon qildi. Uni AQŞ va YeIdagi qator davlatlar tan oldi. Prezident Nikolas Maduro bu voqeani davlat töntarişi deb atadi. Uni Rossiya, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador, Suriya va Turkiya qöllab-quvvatlamoqda.












