Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp ma'muriyati Tayvanga 60ta F-16’ni sotib olishga ruxsat berdi
Foto: Akhtar Soomro/Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Tayvanning 60ta F-16 qiruvchi samolyotini sotib olishiga «indamay rozi bo‘ldi», deya xabar beradi Bloomberg manbalarga tayangan holda.
Ta'kidlanishicha, Trampning yordamchilari Tayvan rasmiylariga qiruvchilarni sotib olish uchun rasmiy murojaat bilan chiqishni maslahat berishgan, ular buni «shu oyda» amalga oshirishgan. Endi, agentlikdan qo‘shimcha qilinishicha, Davlat departamenti va Pentagon 30 kun ichida kelishuvni ma'qullashi yoki to‘sib qo‘yishi kerak bo‘lgan kongressga rasmiy so‘rov yuborishi lozim.
Bloomberg’dan taxmin qilishlaricha, qiruvchi samolyotlarni sotish Tayvanni o‘z provinsiyasi deb hisoblaydigan Xitoyning «jiddiy» noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin. Maqola mualliflari, AQSh bu kelishuvdan Xitoy bilan «murakkab» savdo muzokaralarida «asosiy qarta» sifatida foydalanishi yoki bu faqat Tayvan bilan munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha qadam ekani borasidagi savolga javob qaytarishmagan.
Shuningdek, agentlikdan eslatishlaricha, 2011 yilda AQSh sobiq prezidenti Barak Obama ma'muriyati Xitoy bilan munosabatlar keskinlashishidan tashvishlanib, xuddi shunday shartnoma bo‘yicha Tayvanga rad javobi bergandi.
Bundan oldin, Xitoy qirg‘oqlarida AQSh harbiy kemalari paydo bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:31
Tabiiy gaz bo‘yicha yetakchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
23:46 / 19.04.2026
Eron AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida qatnashishdan bosh tortdi
10:07 / 18.04.2026
AQSh Rossiya neftiga oid yengilliklarni 16 maygacha uzaytirdi
22:12 / 17.04.2026